TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Toshkent—Andijon yo‘nalishida dekabr oyida har hafta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar qildi.
“Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘nalishidagi 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdi 9-dekabrdan boshlab qo‘shimcha ravishda haftaning payshanba kunlari ham qatnovini amalga oshiriladi.
Qatnov 16, 23 va 30-dekabr kunlari ham amalga oshiriladi. Poyezd Toshkent markaziy va Andijon temir yo‘l vokzallaridan harakatlanadi.