TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
11 dekabr kuni soat 10:00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlari boshlanadi. Birinchi bosqichda 61 ta daraxt: chinor, qayrag‘och va akatsiyalar ekiladi.
Aksiya O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi va Olmazor tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 8-dekabrigacha koronavirusdan 1 428 kishi vafot etgan. Shulardan qanchasi tibbiyot xodimlari ekani ochiqlanmagan.