Toshkent-Xorazm yo‘nalishida ketayogan poyezd ayolni urib yubordi

Toshkent-Xorazm yo‘nalishida ketayogan poyezd odam urib yubordi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Xorazm yo‘nalishida ketayogan poyezd odam urib yuborganligi haqida videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 8-dekabr kuni soat 09.25larda 43 yoshli ayol o‘zini ehtiyotsizligi tufayli “Istiqlol-Hazorasp” yo‘nalishida kelayotgan yo‘lovchi poyezdi urib ketishi oqibatida olgan og‘ir tan jaroxatlari bilan voqea joyida vafot etdi.
Holat yuzasidan Urganch transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.