Shavkat Mirziyoyev qachon Janubiy Koreyaga borishi ma’lum bo‘ldi

Prezidentning Janubiy Koreyaga tashrifi uch kun davom etishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-dekabr kuni hamkasbi Mun Chje Inning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga boradi.
Koreya prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari tashrifi uch kun davom etadi.
Ikki mamlakat prezidentlari 17-dekabr kuni oliy darajadagi uchrashuvlarni o‘tkazishadi.
Mun Chje In va Shavkat Mirziyoyev ikki xalq o‘rtasidagi "kelajakka yo‘naltirilgan va o‘zaro manfaatli" hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Mirziyoyev Seuldagi sammitda ishtirok etdi: asosiy fikrlar >>>
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil dekabrida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishi noyabrda ma’lum bo‘lgan edi.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2019-yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. 2017-yil 22-25 noyabr kunlari esa Shavkat Mirziyoyevning u yerga davlat tashrifi amalga oshirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev prezident etib qayta saylangandan keyin birinchi davlat tashrifini Rossiyaga amalga oshirgan edi. Shavkat Mirziyoyev Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashdi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari uchrashuvi yakunlariga ko‘ra 18 ta hujjat imzolandi.