Qoraqalpog‘istonda tarixiy yodgorlik qabristonga aylantirilgani tekshirilmoqda - foto

Na territorii srednevekovix pamatnikov v Karakalpakstane poyavilis sovremennie zaxoroneniya
“Mizdakxon majmuasi”dan qabriston sifatida foydalanib kelinayotgani aniqlangan. U yerdagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilgan
Sputnik
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Mizdakxon majmuasi”dagi Xalifa Rajab (Erejep) maqbarasi tarixiy yodgorligi hududida yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Madaniy meros agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, oktabr oyida Qoraqalpog‘iston Madaniy meros boshqarmasi “Mizdakxon majmuasi” tarixiy obidalar hududida o‘rganish ishlarini olib borgan.
“O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Mizdakxon majmuasi”dan qabriston sifatida foydalanib kelinayotgani aniqlangan”, - deyilgan xabarda.
Shundan so‘ng Xo‘jayli tuman obodonlashtirish boshqarmasiga tarixiy obidalari hududida qabrlarning joylashtirilishini nazoratga olish vazifasi yuklangan.
Agentlik xabarida yozilishicha, boshqarma obida atrofida yangi qabrlarning joylashtirilishini to‘xtatilishini to‘liq nazoratga olmagan.
Joriy yilning 1-dekabr kuni Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Qo‘ziyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘istonda o‘rganish ishlarini olib borish jarayonida mazkur masalani nazoratga olgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Madaniy meros boshqarmasiga majmua hududini muhofaza qilish va asrashga doir ko‘rsatmalar berilgan.
Qoraqalpog‘iston prokuraturasi o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Kupol mecheti
Surxondaryo viloyatidagi masjid buzilmaydi - hokimlik bayonoti