Paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi

Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli hujjat qabul qilingach, Qishloq xo‘jaligi vazirligi talabgorlarni xabardor qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Hukumatning tegishli qarori bilan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, paxta-to‘qimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:
qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish;
paxta xomashosini shartnoma asosida fermer xo‘jaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchilardan sotib olish;
qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish hamda paxta yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.
Paxta-to‘qimachilik klasteri bu bo‘yicha Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10-sentabrgacha YaIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Murojaat Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1-oktabrgacha ko‘rib chiqib, qaror qabul qiladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli hujjat qabul qilingach:
- 3 ish kunida Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;
- 5 ish kunida talabgor bilan 30-yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo‘lgan taqdirda 25-yilgacha bo‘lgan) muddatga bitim tuziladi;
- 3 ish kunida paxta-to‘qimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).
Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri o‘ziga biriktirilgan yerlarni shaxslarga 1-yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.
Paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring o‘tkaziladi.
Paxta yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi