TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yoshi 13 yoshdan 14 yoshga oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
Qonun bilan 16 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar bilan moddiy boyliklarni yoki mulkiy manfaatlarni o‘tkazish yo‘lida jinsiy aloqada bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, ushbu sohadagi jinoyatlar uchun ham jazo kuchaytirildi.
Jinoyat kodeksining 128-moddasida (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosining maksimal muddati 5-yildan 7-yilgacha oshirildi.
Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1-yildan 2-yilgacha ko‘paytirildi.
Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1-yildan 2-yilgacha ko‘paytirildi.