TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekiston hukumati Rossiyada yaratilayotgan koronavirusga qarshi bolalar uchun vaksinasiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Respublikada preparatdan u muvaffaqiyatli sinovdan o‘tib ro‘yxatga olingan so‘ng foydalanishlari mumkin.
“Tabiiyki, yangi vaksinalar haqida barcha xabarlar bizni qiziqtiradi. Agar klinik sinovlari tegio‘li protokolllar bilan tasdiqlansa, biz ham emlashga tayyormiz”, - dedi Otabekov RIA Novosti bilan suhbatda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 35,3 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi rejalashtirilganlarning 84,2 foizi vaksinaning birinchi dozasini olib bo‘lgan
Avvalroq Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg markaz olti yoshdagi bolalar o‘rtasida koronavirusga qarshi vaksina tadqiqotlarini o‘tkazishga ruxsat olish uchun hujjat topshirganini ma’lum qilgan edi.
Noyabr oxirida Rossiyada COVID-19 ga qarshi 12-17 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan “Sputnik-M” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.