TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Migrantlar uchun diasporalar muhim rol o‘ynamaydi, dedi Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov.
FMR va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Rossiyaga ishlash uchun ketgan xorijliklarning aksariyati - O‘zbekistondan.
Ish yoki uy-joy bilan bog‘liq muammolarga duch kelsa, migrantlarning atigi 3 %dan kamrog‘i diniy birlashmalar yoki diasporalarga murojaat qilishadi.
Odatda migrantlar kerakli ma’lumotlarni internetda izlashadi yoki do‘stlaridan so‘rashadi: bu ular uchun eng ishonchli manba hisoblanadi.