TOShKENT, 8 dek — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toifalarini qayta ko‘rib chiqilib, ularning yagona ro‘yxatini tasdiqlash taklif etilmoqda.
Hujjat loyihasiga ilova qilingan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatida quyidagilar:
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
Chin yetimlar;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
1941 — 1945-yillardagi urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
Yolg‘iz yashovchi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lan pensiyaga chiqqan shaxslar;
Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
Baynalmilalchi-jangchilar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ginekologik kasalliklari mavjud hamda patologiyali homilador ayollar;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha endokrin kasalliklarga chalingan bemorlar;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha teri kasalliklari va jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha sil kasalligiga chalingan shaxslar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslar.
Loyiha 22-dekabrgacha muhokama qilinadi.