TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Volgoraddan Farg‘onaga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
“Uzbekistan Airports” xabariga ko‘ra, 7-dekabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida S7 Airlines samolyotining ilk parvozi kutib olingan.
Volgograd – Toshkent – Volgograd parvozi haftaning seshanba kunlari A320 va A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Avvalroq Namangan va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam parvoz yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingan edi.