Qor qoplonlari: O‘zbekistonda yangi muzey ochildi – video

Chotqol qo‘riqxonasi ma’muriyati binosi o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo‘lib, 7-dekabr kuni yangilangan formatda o‘z eshiklarini ochdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Chotqol qo‘riqxonasi ma’muriyati binosi o‘tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo‘lib, 7-dekabr kuni yangilangan formatda o‘z eshiklarini ochdi. Ma’muriy bino rekonstruksiya qilinib, mehmonlar-markaziga aylantirildi, u yerda bir nechta zallar ochildi.
Zallardan biri qor qoploniga bag‘ishlangan. Chotqol davlat qo‘riqxonasi direktori Jasur Do‘stovning so‘zlariga ko‘ra, qor qoploni hayvonlarning eng kam uchraydigan va kam o‘rganilgan turlaridan biridir. O‘zbekistonda bor-yo‘qi 80-90 jonivor bor.
Qoplonlar tog‘larda yashaydiganligi sababli tog‘ ekotizimlari alohida e’tibor va himoyaga muhtoj
Och yo‘lbarslar Tojikistondagi qishloqlarga hujumga o‘tdi
Markazni rekonstruksiya qilishda BMT Taraqqiyot dasturi ishtirok etdi.
Chotqol qo‘riqxonasi Toshkent viloyatida 24 ming gektardan ortiq maydonda joylashgan. Bu yerda 745 dan ortiq turdagi yuqori o‘simlik o‘sadi. Hududning 57% dan ortig‘i daraxt va butalar bilan qoplangan. Qo‘riqxona hududida 30 dan ortiq yangi o‘simlik turlari topilib ro‘yxatga olingan, bu yerda yashovchi hayvonlarning 20 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
2015 yilda Rossiya va BMT TD o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, Rossiya tashkilotning Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston kabi davlatlar, shuningdek, xorijiy davlatlardagi loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadi.