TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Madaniyat vazirligi xodimlari endilikda odatdagi ish kunida do‘ppi kiyib yurishadi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
“Har bir millatu-elatda milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarga hurmat bilan yondashilgan. Xususan, do‘ppi, beqasam to‘n, shoyi belbog‘ kabi xalqimizning milliy liboslari bugungi kunda ham o‘z qadrini, bahosini yo‘qotmagan. Shu qadriyatlarga sadoqat bilan qarab, milliy an’analarni targ‘ib etish uchun yangi tashabbusni boshladik”, — deydi vazir.
Endi Madaniyat vazirligi xodimlari odatdagi ish kunida o‘zbek milliy bosh kiyimi sanalgan do‘ppi kiyishadi.
“Mazkur tashabbus orqali milliy an’analar targ‘ib etishda namuna ko‘rsatishni maqsad qilganmiz”, - deydi Nazarbekov.