TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston aholi uchun eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha jahon reytingida 7-o‘rinni egalladi. Tegishli ma’lumotlar Britaniyaning Cable.co.uk ekspert portali tomonidan taqdim etilgan.
Mutaxassislar 230ta davlatda elektr energiyasi narxlarini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, eng arzon energiya manbalari - Shimoliy Afrika, Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va sobiq SSSR davlatlarida.
Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi hisoblanadi. U jahon reytingida 4-o‘rinni egalladi, fuqarolar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 $ to‘laydi.
Tojikiston bir kilovatt-soat narxi 0,023 $ bilan 6-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 $ tashkil qiladi. Bu jahon reytingida 16-o‘rinda bo‘lgan Qozog‘istondan (0,039 dollar) arzonroq.
Dunyoda eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining olis orol davlatlari, shuningdek, Germaniya va Somalida, bu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dan 0,69 $gacha to‘lashlari lozim.