Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi

JChda O‘zbekiston sharafini 14 nafar og‘ir atletikachi himoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Toshkent shahrida 7-dekabr kuni og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ).
Bellashuvlar “Yunusobod sport majmuasi”da bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Ushbu dunyo birinchiligida 14 nafar og‘ir atletikachi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullayeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilar ham bor.
O‘zbekistonlik yosh dzudochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida birinchi bo‘lishdi