TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlis Raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda ayol rahbar kishining boshqaruv uslubi haqida batafsil aytib berdi.
Jurnalistning O‘zbekistonda ayol kishining rahbar bo‘lishi qiyinmi, - degan savoliga Senat raisi quyidagicha javob berdi.
– Mamlakatimizda ayollarning rahbarlik qilish an’anasi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Bir paytlar ayol kishining rahbar bo‘lishi istisno sifatida qabul qilinar edi. Biroq tartiblar o‘zgarmoqda va bugun ayollar biznes sohasida o‘zlarining qadr-qimmatini isbotladi.
Ayol kishining boshqaruv uslubi xotirjamroq, muvozanatliroq, yumshoqroqdir. O‘z ishida qat’iyatlilik, sabr-toqat va narsalarni oxiriga yetkazish qobiliyati yetakchi ayolga muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Agar kompaniya ayol tomonidan boshqarilsa, rivojlanish odatda izchil bo‘ladi.
Mas’uliyat va kichik masalalarga ham e’tibor qaratish birinchi o‘ringa chiqadi. Qaror qabul qiluvchi tuzilmalarda ayollarning faoliyat olib borishi siyosatning ijtimoiy yo‘naltirilishini ta’minlaydi.
Men mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga yoki yetakchi bo‘lishga qaror qilgan ayollar uchun alohida qiyinchiliklar bor deb aytmagan bo‘lardim. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonch, - dedi Narbayeva.
Senat raisi aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ayollar biznesda - 39%, milliy parlamentda - 32%, siyosiy partiyalarda - 46%, oliy ta’limda - 47%ga yetgan . Umuman O‘zbekiston bo‘yicha rahbarlik lavozimida ishlayotgan ayollar ulushi 27 %ga yetgan.