TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonda qalbaki valyutaning yirik partiyasi yo‘q qilindi.
Moliyaviy monitoring agentligi xodimlari tezkor tadbir davomida 293 ming dollar miqdorida qalbaki banknotlarni sotmoqchi bo‘lgan Olmaotada yashovchi fuqaroni qo‘lga olishdi.
Olib borilgan tintuvlar natijasida noqonuniy muomaladan 975 mingdan ortiq qalbaki dollar musodara qilindi.