Qo‘yliq bozori o‘rniga yangi transport bog‘lamasi quriladi - video

Toshkentda yangi transport bog‘lamasi qurilishi munosabati bilan Qo‘yliq bozori boshqa joyga ko‘chiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Toshkentda yo‘l kengayishi va yangi transport bog‘lamasi qurilishi munosabati bilan Qo‘yliq bozori dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
"Toshkentda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida, "Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash bo‘lgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yo‘l kengayishi va ko‘prik qurilishi ishlari rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan "Qo‘yliq" dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi", - deyilgan xabarda.
Ushbu rekonstruksiya tafsilotlari keyinroq ma’lum qilinishi xabar qilingan va bo‘lajak transport uzeli qanday ishlashi aks etgan 3d videoci e’lon qilindi.
Vizualizatsiya novoy transportnoy razvazki okolo rinka "Kuylyuk" v Tashkente