TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli qarorlari 6 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyidagi xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalari 10 kun muddatga vaqtincha to‘xtatildi:
“Mirai recruitment”;
“Reiwa”;
“Turon world cooperation”;
“Priority international”;
“Specialist group”;
“Jyonan-staff Business”.
Ular faoliyati Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasida BHMning 8500 baravari miqdoridagi (2,295 mlrd so‘m) mablag‘larni zaxira sifatida to‘ldirmagani sababli to‘xtatilgan.