Migrantlardan rus tilidan imtihon olish haqida shartnoma imzolandi

Patent uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan shartnoma imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i X.Umarov va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti prorektori M.Katsarskiy, O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari A.Kolesnikov o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Migrantlar va biometrik ma’lumotlar: Tergov qo‘mitasi IIV taklifini qo‘llab-quvvatladi
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududida ishlash huquqini beruvchi patent rasmiylashtirish uchun talab etiladigan rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish yuzasidan shartnoma imzolandi.
Shuningdek, qurilish sohasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.