Denovdagi portlash qurbonlari soni ortdi

Denovdagi portlash oqibatida qulab tushgan savdo majmuasi vayronalari ostidan yana bir jasad topildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov shahridagi portlashda halok bo‘lganlar ikki nafarga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ikkinchi halok bo‘lgan fuqaro topilgan.
7 dekabr kuni soat 03:57 Denovdagi 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasida chaqnash ro‘y berdi. Buning oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.
Denovdagi portlash: vayronalar ostidan bir kishining jasadi topildi
Hodisa joyiga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.