TOShKENT, 7 dek — Sputnik. AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossining eng yirik banklariga qarshi sanksialar kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Bloomberg. RIA Novosti xabariga asosan.
Xususan rublni dollar, yevro va funtga almashtirishni cheklash mumkin. Cheklovlar Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgan taqdirda qo‘llanilishi mumkin, deb xabar qilmoqda bir necha G‘arb OAVlari.
Bloomberg yozishiga ko‘ra, eng jiddiy cheklov chorasi sifatida Moskvani SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzib qo‘yish ham ko‘rib chiqilayotganini xabar qilgan. Lekin bunday chora "oddiy fuqarolarga ko‘proq zarar keltiradi", deb yozadi nashr.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu va boshqa mavzular AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvi doirasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina va G‘arb mamlkatlari Rossiya harbiy qo‘shinlarning mamlakat ichida harakatlari ularda bezovtalik uyg‘otayotganini xabar qilgan edi. Bunga javoban Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qo‘shinlarini mamlakat ichida istalgan yo‘nalishda ko‘chirishi mumkinligini va bu hech kimga xavf solmasligini ma’lum qilgan edi.
AQSh va NATO Qora dengizda o‘z harbiy kemalari sonini oshirib Ukraina va Gruziya bilan birgalikda Rossiya chegarasiga yaqin hududlarda turli manyovlar o‘tkazishga harakat qilshmoqda.