Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlar – hukumat qarori

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan 1-martgacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi
2022 yil 1-martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali o‘tkaziladi.
Qaror bilan tenderni o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.
Nizomda tender takliflariga qo‘yiladigan talablar, g‘oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.
2022 yil 1-iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.