Rossiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish tasdiqlandi

JAR va unga chegaradosh bo‘lgan mamlakatlardan qaytgan va observatorga joylashtirilgan jami 10 nafar rossiyalikda koronavirus tasdiqlangan. Ularning ikki nafarida omikron aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasidan (JAR) Rossiyaga qaytgan ikki kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Rossiyaga qaytgan va koronavirusga PZR testi musbat chiqqan ikki kishida koronavirusning omikron shtammi tasdiqlangan. Tahlilni Rospotrebnadzorning Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazgan.
JAR va unga chegaradosh bo‘lgan mamlakatlardan qaytgan va observatorga joylashtirilgan jami 10 nafar rossiyalikda koronavirus tasdiqlangan.
“Boshqa bemorlarning tadqiqotlari davom etmoqda, vaziyat Rospotrebnadzorning alohida nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.
JSST omikron shtammdan birorta ham o‘lim qayd etilmaganini tasdiqladi
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Botsvana va JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi haqida o‘tgan hafta xabar bergan edi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yangi shtamm S-oqsilida juda ko‘p mutatsiyalar tashkil qilishgan qodir bo‘lib, u juda faol tarqalish va kasallikka chalinganlar hamda emlanganlardagi mavjud antitanachalarga chidamlilik xususiyatiga ega.
Tashkilot yangi shtammni “xavotirli” deya topgan va unga “omikron”- yunon alifbosidagi 15-harf nomini bergan.