Rossiyadan O‘zbekistonga 8 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi – jadval

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar sakkizta maxsus poyezd qatnovi bilan mamlakatga qaytishlari mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Dekabr oyida “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 8 ta qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.

Poyezdlar Volgograd shahri “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan 4, 6, 10, 13,17, 20, 24, 27-dekabr kunlari soat 20:57 da harakatlanadi.

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni e-ticket.railway.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin. Chipta narxlari 1,6 million so‘mdan boshlanadi.
Bu qatnovlar pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarga mamlakatga qaytishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga beshta maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.