Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston 5,9 milliard dollarlik shartnoma va bitim imzoladi