Toshkentlik usta nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil qildi

Toshkentklik ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan usta boshqa nogironlar uchun ish o‘rinlari yaratgani haqida videolavhamizda tomosha qiling.
Sputnik
Toshkentlik Aleksandr Cheresov bir umrlik ikkinchi guruh nogironi. Lekin shunga qaramasdan u 25-yildan buyon o‘zining suyukli ishi - to‘qmiachilik mahsulotlari ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Usta Aleksandr Cheresov ipdan bosh kiyim, odeyal, bolalar va karnaval kostyumlari to‘qiydi. Dastlab ushbu ish bilan uning bir o‘zi shug‘ullanar edi, keyinchalik u davlatdan imtiyozli kredit olib boshqa nogironlarga ham ushbu kasbni o‘rgatdi.
Hozirgi kunda Cheresov korxonasida 10dan ortiq nogiron mutaxassislar ish bilan ta’minlangan. Cheresov aytishiga ko‘ra, ushbu ish bilan shug‘ullanishdan uning asosiy maqsadi daromad olish emas.
"Ular aravachali nogironlar yoki ko‘rish qobiliyati pastlar. Ya’ni ular biror joyga borishga qiynaladi, lekin qo‘li, boshi yaxshi ishlaydi. Biz materiallarni ularning uyiga olib borib beramiz.
Dastlab biz ularni o‘qitish va o‘rgatishga juda ko‘p kuch sarfladik. Nogironlarga ham o‘rganish oson bo‘lmadi, brak mahsulotlar boshida ko‘p chiqdi. Lekin keyinchalik ular moslashib olishdi", - deb hikoya qiladi Aleksandr Sputnik muxbiriga.
"Bitta bosh kiyim misolida shuni aytishim mumkin-ki, uydan turib ishlayotganlar 50 ming oladi. Ya’ni ular bir oyda 60ta bosh kiyim to‘qisa, bu 3 million so‘m bo‘ladi. Toshkent uchun bu yomon pul emas", - deydi Aleksandr.
Uy sharoitida ishlayotgan nogironlar, nafaqat pul ishlab topadi, balkim pandemiya sharoitida o‘zlarini xavfsiz his qilishadi, - deydi Cheresov.
"Biz o‘z mahsulotimizni sotishdan olgan daromadning bir qismini uylarni ta’mirlash, nogironlar uchun kerakli mebel sotib olish va umuman ularning muammolarini hal qilish uchun sarflaymiz. O‘zim ham nogiron bo‘lganim uchun ularning muammolarini juda yaxshi tushunaman", - deydi usta.
So‘nggi yillarda uning mahsulotiga nafaqat O‘zbekistonda balkim Rossiyada ham talab ortib bormoqda. Ayniqsa xorazmcha uslubda to‘qilgan shapkalarga. Axir ular sun’iy matodan bo‘lgani uchun istalgan rangda bo‘lishi mumkin.
Cheresovning kompaniyasi Yangi yil oldidan katta partiya tayyor mahsulotni eksportga tayyorlamoqda.
Ushbu insonparvar biznes haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling.