Parvozda tug‘ilgan bolakayga Aeroflotning bir umrlik oltin kartasi sovg‘a qilinadi

Sankt-Peterburg - Namangan parvozi vaqtida yo‘lovchilardan biri muddatidan oldin tug‘ishni boshlaydi. "Aeroflot" stuardessalari chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berishadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Samolyotda tug‘ilgan bolakayga "Aeroflot"ning bir umrlik oltin kartasi sovg‘a qilinadi. Bu haqida "Aeroflotovshina" telegram kanali xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26-noyabr tungi soat 01:32da Sankt-Peterburgdan Namanganga uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilardan biri muddatidan oldin tug‘ishni boshlaydi. "Aeroflot" stuardessalari chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berishadi.

Ekipaj komandiri Nijniy Novgorod zahira aerodromga qo‘nishni so‘raydi. U yerda ona va bolani tez yordam kutib turgan edi.
Ma’lumot uchun, parvozda bunday holatlar bo‘lib turadi. Aynan "Aeroflot" kompaniyasi parvozlarida ana shunday holat 2012-yilning 8-oktabrida Simferopol - Moskva parvozida, 2005-yilning 14-sentabrida Moskva - Los-Anjeles parvozida va 2001-yilning 6-martida Singapur - Moskva parvozida sodir bo‘lgan edi.