Toshkentda Moskva yaqinidagi jang xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi - video

O‘zbekiston va Rossiyani umumiy tarix birlashtirib turadi, uni unutmaslik kerak, deydi tadbir ishtirokchilari.
Sputnik
5 dekabr kuni Moskva yaqinida Sovet armiyasining fashistlarga qarshi hujum boshlaganiga 80-yil to‘ladi. Bu jang Ikkinchi jahon urushining yirik janglaridan biri bo‘lib, 1941-yil 30-sentabridan 1943-yil 20-apreliga qadar - deyarli yetti oy Moskvani himoya qilishgan.
Toshkent shahrida “Birodarlik qabristoni” memorial kompleksida bu voqeaning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, Mangu olovga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari ta’kidlanishicha, aynan Moskva yaqinidagi janglarda gitler armiyasi ilk bor jiddiy talofatga uchradi va chekinishni boshlaganini ta’kidlashdi. Tadbirda ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasi elchisi Oleg Malginov bu tarixiy hodisaning ahamiyati va G‘alaba uchun o‘z jonini fido qilgan qahramonlarning xotirasini qadrlashga chorladi.
“Yuz minglab askar Moskva yaqinidagi jang maydonlarida halok bo‘ldi. Ularning xotirasini qadrlash, doimo yodda saqlash lozim”- deydi Malginov.
Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev, Toshkentdagi Rus fan va madaniyat markazi rahbari Mixail Vojdayev, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, madaniy markazlar vakillari, kadetlar, G‘alaba volontorlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Hozirgi kunda respublikada mingga yaqin urush qatnashchilari va 40 mingdan ortiq mehnat fronti ishchilari istiqomat qilmoqda. Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekistondan 1,4 milliondan ortiq odam ishtirok etgan – ulardan 400 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 130 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qolgan.