TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikada atom elektr stansiyasi qurilishi haqida aytdi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
"Biz atom elektr stansiyasini quramiz... Pudratchi va texnologiya tanlashimiz kerak. Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Amerika kompaniyalari kuchli istak bildirmoqda. Endi biz buni qayerda amalga oshirishni izlayapmiz", - dedi u amerikalik rejissor Oliver Stounga bergan intervyuda.
Bundan avval Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat atom elektr stansiyasini qurish masalasiga kelishini aytgandi.
Uning joylashuvi - Olmaotadan 300 km uzoqlikdagi Ulken qishlog‘i.
“Rosatom” stansiya qurilishida yordam berishga tayyor. Rossiya Federatsiyasi bu borada katta tajribaga ega, raqobatbardosh narxlar va yirik loyihalar namunalari mavjud.
Qozog‘iston uchun atom energetikasi ichki ehtiyojlarning bir qismini qoplab, eksportga resurslarni chiqarishi mumkin.