Milliarder Alisher Usmonov ommabop ijtimoiy tarmoqdagi ulushini to‘liq sotdi

USM xoldingi ommabop VK ijtimoiy tarmoqdagi 57% ulushini “Sogaz” guruhiga sotdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Alisher Usmonovning USM xoldingi “MF Texnologii” kompaniyasidagi ulushini “Sogaz” guruhiga sotib yubordi va VK (avvalgi - Mail.ru Group) kapitalidan chiqib ketdi, deyilgan kompaniya xabarida. RIA Novosti.
Logotip i nachalnaya stranitsa sotsialnoy seti Vkontakte na ekrane kompyutera
“Sogaz” AJ direktorlar kengashi “MF Texnologii” OA kapitalidagi 45 % ishtirokini tasdiqladi, VKning 57,3 % ovozini nazorat qiladi”, — deb ma’lum qilindi sug‘urta kompaniyasi xabarida.
“MF Texnologii” aksiyalarining 45 % “Megafon” orqali USMga tegishli bo‘lgan.
"Kelishuv natijasida VK Group kapitalidagi barcha aksiyalar paketi “Sogaz” guruhiga sotildi. Kelishuv summasi oshkor qilinmadi", - deyiladi xabarda.
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi
Noyabr oyi oxirida Sberbank “MF Texnologii” aksiyalarining 36 %ni Gazprombankga sotishi haqida ma’lum qildi. Yana 10 % “Rostex”ga tegishli, 9 %ga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri USM egalik qilgan. Xolding bu paket "Gazprombank bilan kelishuvga ega"ligini ma’lum qildi. VK foydasini taqsimlashda "MF-Texnologii" ning ulushi 4,8 %ni tashkil etadi.
USM asoschisi Alisher Usmonov “VK Group”dagi ishtirok xolding tarixining muhim qismiga aylanganini ta’kidladi.

Bizning yondashuvimiz - yosh va g‘ayratli menejment uchun maksimal erkin harakat, shuning uchun men va mening hamkorlarim bilan uch yil oldin VK Group aksiyalari bilan ovoz berish huquqini uning rahbariyatiga topshirdik. Bugun biz kompaniya kapitalidan chiqmoqdamiz, auditoriya hajmi va moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha uni ko‘rsatkichlar cho‘qqisida qoldirmoqdamiz, bu uning kelajagiga ishonchni uyg‘otadi

Alisher Usmonov
Rossiyalik ishbilarmon, milliarder, USM Holdings asoschisi
USM bosh direktori Ivan Streshinskiy xolding biznes strategiyasi hozirda “Metalloinvest” va “Udokanskaya med” kon-metallurgiya kompaniyalarida “yashil kun tartibi”ga yo‘naltirilganligini ta’kidladi. Bundan tashqari, kompaniya telekommunikatsiya biznesi, raqamli loyihalar va mahsulotlarni markirovkalash va kuzatish sohasida ishtirok etishda davom etmoqda.
“Bu sohalar katta e’tiborni talab qiladi va biz kelgusida o‘z kuchimizni ularga qaratamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Streshinskiy.
Alisher Usmonov nomzodi yana Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga ilgari surildi
“Sogaz” direktorlar kengashi rahbari Aleksey Miller kompaniya xaridni strategik investitsiya sifatida ko‘rishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, VK Runetdagi noyob aktivlar to‘plamiga ega bo‘lgan eng muvaffaqiyatli raqamli ekotizimlardan biri bo‘lib, xizmatlari Rossiyada ham, xorijda ham talabga ega.
"VK guruhining asosiy raqobatdosh afzalliklaridan biri - eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar va aloqa xizmatlari", - dedi Miller.
Shu fonda VK Group depozit hujjatlari birjada ko‘tarildi - agar savdo boshida ular 0,1 %ni qo‘shgan bo‘lsa, Moskva vaqti bilan soat 14:49ga kelib ular 7,95 %ga ko‘tarildi va hatto 19-noyabrdan beri maksimal miqdorga 1 378,6 rublga yetdi.