Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi (YeXHT vazirlar kengashi)da so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Qo‘shni davlatlarimizni Rossiya bilan qarama-qarshilik plasdarmiga aylantirish, NATO kuchlarini bizing xavfsizligimiz uchun strategik muhim hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirishni - mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Lavrovning YeXHT tashqi ishlar vazirlari majlisida so‘zlagan nutqi bilan batafsil videolavhamizda tanishing.