Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosida "omikron" shtammi aniqlandi

Kasallik aniqlanmasidan bir kun oldin O‘zbekiston fuqarosi ichida 400 kishi bo‘lgan diniy muassasaga tashrif buyurgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Janubiy Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirusning yangi "omikron" shtammi aniqlandi, deb xabar qilmoqda mahalliy The Korea times nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi aeroportda Nigeriyadan kelgan oilani kutib olib, ularni uyiga olib borib qo‘ygan. 29-noyabr kuni ularning uchchovida ham COVID-19 ning "omikron" shtammi aniqlangan
Koreya hukumati xabariga ko‘ra, Nigeriyadan kelgan 2 nafar fuqaro va O‘zbekiston fuqarosi o‘tgan vaqt ichida 270 kishi bilan kontaktda bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi kasallik aniqlanmasidan bir kun oldin ichida 400 kishi bo‘lgan diniy muassasaga tashrif buyurgan. Ushbu munosabat bilan hukumat muassasada bo‘lgan barcha fuqarolarga tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya bergan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada "omikron" shtammi ilk bor dekabr oyiing boshida aniqlangan edi. Undan so‘ng Hindistonda ham aniqlangan. Bugungi kunda "omikron" shtammi aniqlangan davlatlar soni 30 dan oshgan.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, yangi shtamm juda ko‘p mutatsiya qilishga qodir va shu sababli uning yuqumlilik darajasi yuqori. Undan tashqari mutatsiyalar natijasida omikron-shtamm emlangan va antitanachalari mavjud bo‘lgan fuqarolarga ham yuqorishi mumkin.