Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kirdi

Tahlilchilar dunyodagi 173 ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. “The Economist” nashri dunyoning yashash eng arzon va eng qimmat bo‘lgan shaharlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Toshkent shahri dunyodagi eng arzon shaharlar uchligiga kiritilgan.
Tahlilchilar dunyodagi 173 ta shaharda non va birinchi ehtiyoj bo‘yicha boshqa tovarlar narxini taqqoslashgan. Asosan oziqlanish, o‘zini o‘zi parvarish qilish, transport, sayohat va boshqalar o‘rganilgan.
Dunyodagi eng arzon shaharlarning birinchi uchligiga Toshkentdan tashqari Damashq (Suriya) va Tripoli (Liviya) kiritilgan.
Eng qimmat shahar sifatida ilk bor Tel Aviv (Isroil) e’tirof etilgan. Keyingi o‘rinlarda Parij, Singapur, Surix va Gonkong qayd etilgan.