Tolibon* yil oxiriga qadar Afg‘onistonda elchixonalar ochilishini kutmoqda

Afg‘onistonda bir necha davlatlar elchixona ochishga tayyor, lekin hozircha biz ularning nomini ma’lum qila olmaymiz, dedi Tolibon* vakili.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Tolibon* yil oxiriga qadar Afg‘onistonda chet davlatlar elchixonalari ochilishini kutmoqda, dedi harakatining rasmiy vakili Muhammad Naim.
"Biz kelgusi yilga qadar elchixonalar ochilishini kutmoqdamiz, lekin men hozircha ushbu davlatlar nomini ayta olmayman", - dedi Naim.
Ma’lumot uchun, biroz oldin Tolibon* harakatining Doxa (Qatar) shahrida joylashgan siyosiy vakolatxonasi 10ta mamlakat diplomatlari, jumladan AQSh vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazgani haqida xabar qilingan edi. Uchrashuvda Tolibon* tomonidan Afg‘oniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xanom Muttaki boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon* harakati kuchlari 15-avgust kuni Qobulni qarshiliksiz egallab olishgan edi. Shu kundan boshlab Tolibon* mamlakatda hokimiyat o‘rnatishga harakat qilmoqda. Harkat tomonidan Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilingan, lekin dunyoning biror davlati hozircha ularni tan olgani yo‘q.
Ushbu yilning 21-oktabri, kun "Moskva formati"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 10ta mamlakat vakillari ishtirok etgan edi. Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron va barcha Markaziy Osiyo davlatlari vakillari. Uchrashuv yakunida Tolibon* vakillari bilan Afg‘onistonda ham siyosiy ham milliy nuqtayi nazardan inklyuziv hokimiyat tashkil qilish haqida kelishib olingan edi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostiga kiritilgan