Tojikiston va Turkmanistonga “Markaziy Osiyo energiya halqasi”ga qaytish taklif etildi

Tojikiston va Turkmanistonga “Markaziy Osiyo energiya halqasi”ga qaytish taklif etildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ikkinchi Yevroosiyo Kongressi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ikki davlatga yana Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika obyektlari yagona tizimining bir qismiga aylanishini taklif qildi.
Bu 1997-yilda mintaqaning bir qancha davlatlarini birlashtirgan 83ta elektr stansiya tizimidir. Keyinchalik "halqa" tarqatib yuborildi va faqat 2019-yilda tiklandi.
Hozir bu tizimda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston.
Novak Dushanbedan ijobiy javob olganini ta’kidladi. Kelgusi yilda respublika energotizimiga qo‘shiladi.