Rejissor va ssenarist Jasur Ishakov vafot etdi

Ishakov rejissorligida “Haqiqat kuni”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar” filmlari suratga olingan.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Mahoratli rejissor va ssenarist Jasur Ishakov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ishakov “Haqiqat kuni”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar” filmlari rejissori.
Shuningdek, u “Balli, Kamoliddin”, “Shok”, “Alvido, g‘o‘r yoshligim”, “Haqiqiy erkaklar ovi” filmlarida ssenariy muallifi sifatida ishlagan.
O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov vafot etdi