O‘zbekiston va Checheniston madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi

O‘zbekiston va Checheniston madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov va Ayshet Qodirovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida yangi madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov chechenistonlik hamkasbi Ayshat Qodirova bilan uchrashdi.
Vstrecha ministra kulturi Uzbekistana Ozodbeka Nazarbekova s ministrom kulturi Chechni Ayshat Kadirovoy
Uchrashuvda festivallar, teatr va muzeylar faoliyatini yanada rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan ahamiyatli va muhim bo‘lgan fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, o‘zaro tajriba almashish orqali turizm salohiyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
Chechenistonda O‘zbekistonning turizmni rivojlantirish tajribasiga qiziqish bildirildi