Moskvada kommunal sohada migrantlar soni qisqartirildi

Moskva kommunal xizmatlari sohasida migrantlar soni 40 foizga kamaydi – 100 mingdan 60 minggacha.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Moskva kommunal xizmatlari sohasida migrantlar soni 40 foizga kamaydi – 100 mingdan 60 minggacha.
Bu haqda Moskva merining uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Potr Birukov ma’lum qildi.
Migrantlar ishlaydigan sohalarda maoshlar oshmoqda - Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri
"Agar avvallari ishchilarimiz orasida migrantlar soni 100 mingga yetgan bo‘lsa, hozir 60 mingga yaqin. Nafaqat migrantlar, balki sanoatda band bo‘lganlarning umumiy soni ham kamaydi - 600 mingdan 450 minggacha", - dedi Birukov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga 3ta chora: yangi texnologiyalarni qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va ish jarayonlarini tashkil etish evaziga erishildi.
Bugungi kunda migrantlar nafaqat dvornik, balki chilangar, malyar bo‘lib ham ishlamoqda, ular uchun barcha zarur yashash sharoitlari yaratilgan, dedi Birukov.
Ular har jihatdan qulay shaharchalarda istiqomat qiladi va ular tibbiy yordam bilan ta’minlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mashina va asbob-uskunalar ulushi yuqori bo‘lganligi sababli yangi kasb-hunarlarni o‘rganishga tayyor bo‘lgan xodimlarga ehtiyoj sezilmoqda.