TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Qozog‘iston Milliy banki 20 000 tenge nominalidagi yubiley banknotani muomalaga chiqaradi. Bu elboshi Nursulton Nazarboyev tasviri tushirilgan birinchi kupura emas, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Yubiley banknotaning dizayni noyob texnologiyalar asosida ishlangan
Dunyoda birinchi bor banknotaning butun vertikali bo‘ylab joylashgan band hamda nominalning golografik tasviri, Mustaqillikning 30-yilligi logotipi va davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev faksimilesi tushirilgan.
"Asosiy tavsirlar banknotaning yuza qismida - Qozog‘iston Respublikasi davlat ramzlari, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev portreti tushirilgan golografik tasvir, Qozog‘iston mustaqilligi va davlatchiligi ramzi bo‘lgan "Qazaq Yelі" monument tasviri, "Mәngіlіk Yel" triumfal arkasi, qozoq elining an’anaviy turar joyi bezashga asoslangan qozoq milliy bezaklarining bir qismi"- deyiladi Milliy bank xabarida.
Banknotaning orqa qismida - Nazarboyev portreti, Nur-Sulton ko‘rinishi, Oqo‘rda qarorgohi hamda Qozog‘iston Mustaqilligining 30-yilligi logotipi tasviri tushirilgan.
Yubiley banknota 27 ta himoya elementlariga ega
Banknota dizayni muomaladagi banknotalar bilan bir xil uslubda tayyorlangan: old tomonida ustuvor vertikal tasvirlar joylashgan, orqa tomonida — gorizontal. Banknota asosan kulrang rangida tayyorlangan. Banknota o‘lchami - 155x79mm.
Nominal qiymati 20 ming tenge bo‘lgan yubiley banknota butun Qozog‘iston bo‘ylab barcha turdagi to‘lovlar uchun, shuningdek, bank hisob raqamlariga o‘tkazish, Qozog‘istonning barcha banklarida almashtirish va o‘tkazish uchun nominal qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart.
Eslatib o‘tamiz, elboshi portreti tushirilgan birinchi yubiley banknota Qozog‘iston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan va 2016-yilda muomalaga chiqqan.
Yubileynaya banknota nominalom 10 000 tenge, posvashennaya 25-letiyu Nezavisimosti Respubliki Kazaxstan
Hozirgi vaqtda Qozog‘istonda 200, 500, 1 000, 2 000, 5 000, 10 000 i 20 000 tenge nominalidagi banknotalar muomalada.