O‘zbekistonda yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi

Bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va respublika hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
O‘zbekistonga 11 ta davlatdan keluvchilar majburiy karantinga olinadi
Unga ko‘ra, aholi salomatligini ta’minlash hamda mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadida fuqarolarga yangi 2022-yil bayrami tadbirlarini imkon qadar oila davrasida o‘tkazish tavsiya etildi.