TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratini hal etish uchun jo‘nab ketdi.
Delegatsiya 1-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligida Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan.
Tashrif davomida Saudiya podshohligi mas’ullari bilan o‘zbekistonliklarni Umra ziyoratiga yuborish, pandemiya sabab safarning o‘ziga xos jihatlari borasida muzokaralar olib borilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlar bois so‘nggi ikki yil davomida musulmonlar Haj va Umra ziyoratidan bebahra qolishgan edi.