Moskva qurilishlaridagi migrantlar o‘rnini talabalar bilan almashtirish taklif qilindi

Rossiyaning Ijtimoiy tadqiqotlar va fuqarolar tashabbusini rivojlantirish instituti tegishli taklifni Marat Xusnullin nomiga yo‘llagan.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. Rossiya qurilishlaridagi migrantlar o‘rnini tegishli universitet va kollejlari talabalari egallashlari mumkin bo‘lardi. Bunday taklif Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin nomiga kelib tushdi, deya yozadi RIA Novosti.
Uni Rossiyaning Ijtimoiy tadqiqotlar va fuqarolar tashabbusini rivojlantirish instituti bildirdi
Shu tariqa mamlakat ikkita dolzarb masalani hal qilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda: qurilishlarda xodimlar yetishmasligi va talabalarning mutaxassisligi bo‘yicha yetarlicha tayyorlanmasligi.
Institut oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish amaliyoti doirasida yoshlarni qurilish obyektlariga jo‘natishini shart etib belgilash lozim deb hisoblaydi. Bu normani qonun bilan belgilash kerak.
Institut direktori Maksim Petuninning so‘zlariga ko‘ra, o‘qish vaqtida quruvchilarni tayyorlash muammosi muntazam kuzatiladi. Tegishli tashkilotlardagi amaliyot ularga tajriba orttirish va mutaxassisligi bo‘yicha tayyor bo‘lishga imkon beradi.
Mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklif etildi
Talabalarni jalb qilish hukumatning migrantlar xizmatidan kechish rejasini amalga oshirishga yordam berishi aytilmoqda.
Avvalroq Sergey Sobanin Moskvada renovatsiya dasturi bo‘yicha qurilishlarda migrantlar soni kam bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, u Moskva qurilishlarida shahar davlat buyurtmasi doirasida migrantlar soni ikki baravar kamayganini bildirgandi.