Moliyaviy piramidasi bilan o‘zbekistonliklarni chuv tushirgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi

Korxona O‘zbekiston fuqarolarini korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yo‘li bilan yillik 260 foizgacha daromadni qo‘lga kiritish bilan qiziqtirgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanayotgan Ukraina fuqarosi va yana 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 2020-yil 15-yanvar kuni 29 yoshli Ukraina fuqarosi M.M. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, Toshkentda "Golden Cash store" xorijiy korxonasini ta’sis etgan.
Korxona O‘zbekiston fuqarolarini korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yo‘li bilan yillik 260 foizgacha daromadni qo‘lga kiritish bilan qiziqtirgan.
Ta’kidlanishicha, ular mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan go‘yoki daromad sifatida “Golden cash store” plastik kartalariga ma’lum miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazish bilan qoplab kelishgan.
Firibgarlar respublika bo‘ylab ko‘plab fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pullarini qo‘lga kiritishgan.
Buxoroda 31 kishi "moliyaviy piramida"dan jabrlanib, Xalq qabulxonasiga yordam so‘rab keldi
Korxona asoschisi va yana to‘rt kishi hibsga olingan. Ularga nisbatan O‘zbekiston JKning 188.1-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (pul mablag‘larini va (yoki) boshqamol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Fuqarolarga yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.