Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbarini qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. 1-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora FSB Rossii Aleksandra Bortnikova
Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. 19-noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.
Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.