Afg‘oniston va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida parvozlar keyingi haftadan tiklanadi - OAV

Kobul va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlar keyingi haftadan qayta tiklanadi - OAV
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Kobul va Toshkent o‘rtasida aviaqatnov kelasi haftadan tiklanishi mumkin, deb xabar qildi Afg‘onistonning Bakhtar agentligi Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi rahbari Zamar Kamgar bayonotiga asosan.
O‘zbekiston va Afg‘oniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, havo tranziti muammosi hal qilindi. Kelgusi haftadan Kobul-Toshkent va Toshkent-Kobul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar boshlanishi kerak.
Biroq O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati muntazam parvozlar qayta tiklanishi haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.
“Hozircha bizda bunday ma’lumotlar yo‘q”, — dedi O‘zbekiston Transport vazirligi vakili RIA Novosti agentligiga.
“O‘zaviatsiya” agentligi ham “ularda bunday ma’lumotlar yo‘q” deb xabar berdi.