O‘zbekistonliklar Xorvatiyada ishlash uchun taklif etildi

Xorvatiyada duradgorlik sohasida ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolari taklif etildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Xorvatiyada duradgorlik sohasida ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolari taklif etildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bergan e’longa ko‘ra, oylik maosh - 650 yevrodan 800 yevrogacha.
Fuqarolarning transport, turar joy va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 25-45 yoshgacha bo‘lishi, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi, rus yoki ingliz tilida muloqot darajasida bilishi, duradgorlik sohasida 5-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi, sudlanmagan bo‘lishi.