TOShKENT, 30 noya — Sputnik. "O‘zgidromet" changli bo‘rondan ogohlantirdi. 1-2 dekabrda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda.
1-2 dekabr kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlari ko‘tarilish kuzatilishi mumkin.