TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Panama O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 138-mamlakat bo‘ldi.
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, kecha, 29-noyabr kuni, Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Panama o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani to‘g‘risidagi Qo‘shma kommunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatga O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Panamaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Markova Konsepsion Jaramilla imzo qo‘ygan.
Panama Markaziy va Janubiy Amerika tutashgan joyda, Atlantika va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashgan va muhim yuk tashish yo‘lini ta’minlaydigan davlatdir.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlari faollashtirish bo‘yicha kelishuv olishdi.
O‘zbekiston joriy yil 14-may kuni Dominika Hamdo‘stligi bilan ham diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.