O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Milliy terma jamoas kelasi yil yanvar va fevralida Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2022-yil yanvar va fevralida FIFA kunlari doirasida Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 21-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Tokioning “Saitama” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 1-fevral kuni Srechko Katanes shogirdlari Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushishadi. O‘yin BAAda o‘tkaziladi.
Kuz oyida milliy terma jamoa to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda “oq bo‘rilar” (1:2) mag‘lub bo‘ldi. Oktabr oyida Malayziya (5:1) ustidan g‘alaba qozonib, Iordaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) yengildi. Noyabr oyida esa milliy jamoa Gruziyaga qarshi maydonga tushib, kichik hisobda (0:1) imkoniyatni boy berdi.